Jizzax viloyati: "Quvonch porlagan ko'zlar" (Zarbdor tumanida maxsus ehtiyojli bolalar bilan uchrashuv)
bo'ston%209.JPG

2010 yil 19-noyabr kuni BMTTD Zomin Internet resurs markazi xodimlari va volontyorlari 20-noyabr Xalqaro bolalar kuni oldidan Jizzax viloyati Zarbdor tumani Bo’ston shaharchasidagi eshitishida va so’zlashuvida muammosi bor bolalar maktab-internatida o’quvchilariga “Men senga qog’ozdan qanot yasab beraman” va “Mening avlodim” aksiyalari asosidagi ko’ngilochar tadbir o’tkazdi. Tadbirda 120 dan ortiq bolajonlar, 20 dan ortiq maktab o’qituvchi-ustozlari, markazimizdan esa Laura Rahimova, Davron, Nargiza, Sardor, Feruza va Jahongirlar ishtirok etishdi. Bolalar bilan ishlashda bizga Ko’chganov Muxtor aka boshchiligidagi maktab o’qituvchilari jamoasi yaqindan yordam berishdi.
bo'ston%203.JPG bo'ston%204.JPG

Tanishib olingandan so’ng bolalar bilan guruhlarga bo’linib mashg’ulotlar o’tkazildi. Guruhlarda har xil ko’ngilochar o’yinlar, mashg’ulotlar o’tkazildi, sahna ko`rinishlari va multfilm qo’yib berildi. Ayniqsa markaz a’zolari tamonidan salomatlik ramzi bo’lgan turnaning qog’ozdan yasalgan shakli bolalarda katta quvonch uyg’otti. Yuqori sinf o’quvchilari o’z qollari bilan turnachalarni yasashgani ularga juda ham yoqdi. Yakunda bolalar bilan estalik uchun suratga tushib, ularning tadbir haqidagi fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdik.

bo'ston%201.JPG bo.JPG
- Bugungi tadbir menga juda han yoqdi, - deydi ko’zlarida quvonch porlab maktab-internatning 7 B sinf o’quvchisi Sunnatjon Xoliqov, ayniqsa markaz volontyorlari tamonidan tayyorlangan bo’yaladigan rasmli kitobchalar, qog’ozdan yasalgan o’yinchoq baqachalar va turnalar juda zo’r ekan. Bunday uchrashuv va sovg’alar uchun markaz xodimlariga raxmat aytamiz. Yana kelishlarini kutamiz.
Tayyorladi: Davrov Do'stov.