Jizzax viloyati: Bo’ston shaharchasidagi maktab-internati xodimlari bilan uchrashuv
R%20-%201.JPG ]R%20-%202.JPG

2010 yil 11-noyabr kuni BMTTD Zomin Internet resurs markazi a’zolari Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Bo’ston” shaharchasidagi eshitishida va so’zlashuvida muammosi bor bolalar maktab-internatiga borib, maktab va markazimiz o’rtasida yaqindan tanishuv bo’ldi.

Unda maktab direktori Xolmurodov Abdurazoq aka, o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari Ko’chganov Muxtor aka, maktabning xo’jalik ishlari bo’yicha director o’rinbosari Berdimurodov Jo’raboy aka, markazimizdan Davron Do’stov, Umirov Oybeklar ishtirok etdilar. Unda maktab hayoti, uning faoliyati va o’quvchilar haqida hamda Markazimiz va uning faoliyati haqida ma’lumotlar almashildi.

Maktabda 120 ga yaqin bolalar ta’lim olishar ekan. Bu bo’lib o’tgan qisqa uchrashuvdan keyin maktab ma’muriyati BMTTD Zomin Internet resurs markazi a’zolarining 19-noyabr kuni maktab o’quvchilariga “Тебе я бумажные крылья расправлю” va “Мое поколение” aksiyalari asosidagi ko’ngilochar tadbirni o’kazdirib berish haqidagi taklifini qo’llab quvvatladi va unga har ikkala tamon ham bunga tayyorgarlik ko’ra boshladilar.

Yakunda maktab direktori bu shaharchada yana bir zayif eshituvchilar maktabi borligini aytdi va biz u maktabga borib, direktor Abdurasulov Umarjon aka bilan ham uchrashib qaytdik.
Tayyorladi: Do’stov Davron.