Jizzax viloyati: “Imkoniyat o’z qo’limizda” doira suhbati
jiz1.JPG

13-oktyabr 2010 yil Jizzax shaxrida Jizzax Viloyati nogironlar jamiyatinining markazida 17 kishi ishtirokida “Imkoniyat o’z qo’limizda” doira suhbati bo’lib o’tdi. Ular orasida Viloyat Nogironlar jamiyatining raisi Abdulla Qarshiboyev, shahar nogironlar jamiyatining raisi Raxmatulla Axmedov, Jizzax viloyat televideniyasi, 7 nafar xotin-qizlar va 10 nafar yigitlar ishtirok etishdi. Tadbir BMT Taraqqiyot dasturining Zominda joylashgan Internet Resurs markazi haqidagi taqdimot bilan ochildi. Resurs markazning yangi volontyorlardan biri Sevara Tashmuradova yordamida o’tkazilgan interaktiv tanishuvdan so’ng qatnashchilar bilan birga jamiyat tarixida imkoniyati chegaralangan insonlarning o’rnini tahlil qilish maqsadida kichik guruhlar o’rtasida "tarixga sayohat” mashg’uloti o’tqazildi. Undan so’ng xar bir guruh o’z ishini taqdimot qildi. Mulohazalar almashinganidan so’ng qatnashchilar imkoniyati chegaralangan mashhur rassom haqidagi “ Король Калека” videofilmini tamosha qilishdilar va film va uning qaxramonlari haqida o’z fikr-mulohazalarini qatnashchilar bilan o’rtoqlashdi. So’ng seminar ishtirokchilari Raxmonqulov Zoirjon, Mamarasulov Jahongir, Sharipov Umidjon, Suvonov Qudratjonlar ijrosidagi “Biz giyohvandlikka qarshimiz” nomli sahna ko’rinishi ko’rsatib berildi va yosh aktyorlarimizni hamma olqishlashdi. Shundan so’ng barcha qatnashchilarga estalik sovg‘alari tarqatildi va Markazimizning kichik so’rovnomasi tarqatildi va undan bugungi uchrashuvdan qanday yangiliklarni oldingiz, qanday kurslarga qatnashishni hohlardingiz va takliflaringiz kabi savollarga javob olindi. Uchrashuv so’ngida e’lonlar aytildi, O’zbekiston Respublikasining qonuni "O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi qonuni, "alohida ehtiyojli odamlar hayotini normallashtirish tamoyili" kabi tarqatmalar berildi. Undan tashqari, ishtirokchilarning talablariga binoan ijtimoiy, iqtisodiy va huquq masalalariga oid individual konsultatsiyalar berib o’tildi. Doira suhbati ishtirokchilarining ta’kidlaricha bu ko’rinishdagi tadbir ular uchun birinchisi bo’ldi. Yaqin orada ushbu guruh bilan yana amaliy ish olib boorish o’zaro kelishib olindi.

jiz2.JPG

O'z tirishqoqligi, kuchli irodasi va ishonchi yordamida yutuqlarga erishgan Denning hayotiy hikoyasi hammani lol qoldirdi!

blackandwhite.jpg
jiz3.JPG

Zohirjon, Umidjon va Jaxongir - "Narkodiler, Sekyuriti va Iste'molchi" rollarida (stsenariy ishtirokchilar tomonidan yozilgan)

Ushbu tadbir Sevara Tashmuradova, Jaxongir Boysarov, Do'stov Davron va Laura Rakhimovalar fasilitatsiyasi yordamida bo'lib o'tdi.

Maqola mualliflarii: Davron Do'stov, Laura Rakhimova