Jizzax viloyati: Zomin tumanidagi 2-ixtisoslashgan maktab-litseyida “Mehribonlik darsi”
dars%201.jpg

26-oktabr 2010 yil Zomin tumani G`ofur G`ulom nomidagi ikkinchi ixtisoslashgan maktab-litseyning 9-A sinf o`quvchilari ishtirokida “Mehribonlik darsi” tashkil qilindi. Darsda 19 ta o’g’il bolalar va 9 ta qiz bolalar ishtirok etdilar. Dars BMT Taraqqiyot dasturining O`bekistondagi faoliyati va ayni vaqtda o`tkazilayotgan “imkoniyati chegaralangan insonlar bilan ishlash” loyihasi haqidagi qisqacha taqdimot bilan boshlandi. Keyin o’quvchilarni guruhlarga bo’lgan holda eshitishida, ko’rishida, gapirishida va yurishida muammosi bor insonlar bilan muomala qilishi madaniyati va ular bilan muloqatda bo’lish haqida ish olib borildi va har guruhning bir a’zosi jamoa ishini taqdimot qilib berishdi.

yulduz%201.JPG dars%205.JPG

Muhokama va fikrlar almashinuvidan keyin Zonim dagi BMTTD internet resurs markazi yosh valantyori Yulduz Omomova bolalar bilan birgalikda bir qiziqarli o’yin o’tqazib berdi. Unda bir guruh o’quvchilar ko’zlari yumilgan holda bo’ylariga qarab, ikkinchi guruh esa gapirmagan holda tug’ilgan kun sanasi bilan saflanishdi. O’yindan so’ng o’quvchilar o’zlarida imkoniyati chegaralangan insonlar holatini his qilib ko’rishganini ta’kidlashdi. Shundan so’ng ishtirokchilar bilan jamiyatda imkoniyati chegaralangan shaxslar uchun qaratilayotgan e’tibor , ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar haqida fikrlar almashildi. Keyin ishtirokchilar uchun darsning eng qiziqarli bo’lgan qismiga o’tildi. Unda markaz kordinatori Davron Do’stov barcha ishtirokchilarga “juravlik” yasashni o’rgatdi va birgalikda 30 ta “juravlik” yasashdi.

dars%204.JPG dars%203.JPG

Har bir ishtirokchi o’z yasagan qushchalarni qanotlariga Zomin tumani ijtimoiy ta’minot bo’limida hisobda turuvchi chin yetim bolalar va uyida yotib qolgan imkoniyati chegaralangan bolalarni ismi-sharifini yozib qo`yishdi va markaz azolari ularni o’z egalariga yetkazishni o’z zimmalariga olishdi. Shundan so’ng ishtirokchilarga e’lonlar va yangiliklar aytildi va bu dars haqidagi fikrlari tinglandi. O’quvchilar bugungi dars ularga juda ham yoqqanini, yana shunday dars va tadbirlarda qatnashish istagi borligini bildirishdi.
Yakunda Markaz a`zolari ishtirokchilarni 27-oktabr kuni Resurs markazda bo’ladigan “HALLOWEEN & XOSIL BAYRAMI” ga taklif qilib, ular bilan hayirlashdilar.
Tayyorladi: Davron Do’stov, Yulduz Omonova